2019 yilning 29 avgust kuni Bosh prokuratura Akademiyasiga mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish maqsadida ixtisoslik bo'yicha suhbat o'tkazildi.
Suhbat mamlakatimizning ko'zga ko'ringan huquqshunos olimlari va soha mutaxassislaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan olib borildi.
Suhbatda talabgorlarning ilmiy ishlarni amalga oshirishga bo'lgan ko'nikmasi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda tadqiqot doirasida mavjud ilmiy muammolar yuzasidan savollar berildi.
Suhbat natijasida prokuratura organlari faoliyati yo'nalishlari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishga loyiq va munosib kadrlar tanlab olindi.