Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga 2019/2020 o'quv yili uchun kirish imtihonlari yakunlandi

Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga 2019/2020 o'quv yili uchun kirish imtihonlari yakunlandi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonlari nihoyasiga yetdi. Yozma imtihonni o'tkazish, uning natijalarini tekshirish hamda suhbat jarayonlari oshkora va shaffof tarzda tashkil etildi (suhbat natijalari).

Kirish imtihonlari jarayonida nomzodlar to'plagan ballarni umumlashtirish yakunlariga ko'ra eng yuqori natijalarga erishgan 31 nafar nomzod 2019/2020 o'quv yilida Akademiya magistraturasi tinglovchilari safiga tavsiya etildi  (http://proacademy.uz/uz/posts/0198-2). 

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi jamoasi Akademiya magistraturasining ilk tinglovchilarini tabriklab, ularga ilm-fan, ta'lim va amaliyot cho'qqilarini egallashlarida ulkan zafarlar tilaydi.

Ma'lumot uchun: Akademiya magistraturasiga qabul kvotasi bo'yicha belgilangan ro'yxatda oxirgi o'rinda turuvchi nomzodning to'plangan jami ballari bilan undan keyingi o'rinda turuvchi nomzod to'plagan ballari bir xil bo'lgani sababli, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va o'qitishni tashkil etish tartibi to'g'risidagi Nizomning 76-bandiga muvofiq, magistraturaga 31 nafar nomzod tavsiya etildi.