2019 yilning 9 sentyabr kuni Germaniyaning xalqaro huquqiy hamkorlik Fondi (IRTS) ko'magida Bosh prokuratura Akademiyasida “O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksini takomillashtirish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Tadbir IRTS loyihalari menedjeri Nikol Sindel, Shimoliy Reyn-Vestfaliya (Germaniya) federal yeri Adliya vazirligining ommaviy huquq, fuqarolik huquq va xalqaro huquq boshqarmasi boshlig'i doktor Kristian Reytemayer, Akademiya hodimlari va O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksini yangi tahrirda tayyorlashga mas'ul bo'lgan ishchi guruh a'zolari ishtirokida o'tkazildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar huquqbuzarliklarni jinoyat, nojo'ya qilmish (prostupok) va tartibotni buzish kabi turlarga bo'lishning mezonlari bo'yicha GFR va O'zbekiston Respublikasining tajribalarini ko'rib chiqishdi.
Tadbir yakunida tomonlar o'zaro qiziqish bo'lgan sohalarda samarali hamkorlik olib borishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.