Inson huquqlarini himoya qilish soxasida xalqaro hamkorlikni mustaxkamlash

Inson huquqlarini himoya qilish soxasida xalqaro hamkorlikni mustaxkamlash

Bosh prokuratura Akademiyasi delegatsiyasining Lund universiteti (Shvetsiya)ga tashrifi doirasida, joriy yilning 18 sentyabr kuni Raul Vallenberg nomidagi Inson huquqlari instituti direktori Zyuzana Zalanova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Institut vakillari inson huquqlari soxasida ta'lim beruvchi mutaxassislarni tayyorlash, treninglar o'tkazish bo'yicha o'zaro ekspertlar almashinuvi, mazkur soxada hamkorlikdagi tadqiqotlar 'tkazish va stipendiyaviy dasturlarda ishtirok etish kabi masalalar bo'yicha Akademiya bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama etilgan masalalarni amalga oshirish uchun chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishga kelishib oldilar.