Akademiya loyihalari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tanlovining g'olibi deb topildi

Akademiya loyihalari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tanlovining g'olibi deb topildi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JISA) O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan mini-grantlar dasturi bo'yicha o'tkazilgan tanlovda Bosh prokuratura Akademiyasi uchta loyiha bilan ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko'ra Akademiyaning “Yoshlar korruptsiyaga qarshi” mavzusida ijtimoiy rolik tayyorlash va “Oliy ta'lim - korruptsiyasiz soha” mavzusida konferentsiya o'tkazish loyihalari g'olib deb topildi.

Mazkur loyihalar aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, oliy ta'lim sohasida korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.