BMTning Sudlar va advokatlar mustaqilligi masalasi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi bilan uchrashuv

BMTning Sudlar va advokatlar mustaqilligi masalasi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi bilan uchrashuv

2019 yil 20 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Vestminster universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda IIV Akademiyasi professor-o'qituvchilari va tinglovchilarining BMTning Sudlar va advokatlar mustaqilligi masalasi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Diego Garsiya-Sayan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Diego Garsiya-Sayan alohida ta'kidlagandek, prokuror, advokat va sudyalar o'z kasbiy faoliyatini erkin olib borish imkoniyatiga ega bo'lishlari, qonun doirasida vazifalarni bajarish chog'ida har qanday tahdid, aralashuv yoki bosimdan muhofazalangan bo'lishlari lozim.

Maxsus ma'ruzachi O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan choralar, shuningdek inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar aks ettirilgan odil sudlov tizimini shakllantirishga qaratilgan sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy baholadi.

Uchrashuvda prokuratura organlari, sud tizimining mustaqil va xolis faoliyatini tashkil etish, sudda tortishuv printsipini kuchaytirishga qaratilgan choralar yuzasidan fikr almashildi.