Oliy attestatsiya komissiyasi bilan amaliy hamkorlik

Oliy attestatsiya komissiyasi bilan amaliy hamkorlik

2019 yil 24 sentyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi tomonidan “Fan soati” loyihasi doirasida “Ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar berish tartibi hamda talablari” mavzulariga bag'ishlangan ilmiy seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va faoliyati ilmiy tadqiqot bilan aloqador xodimlar qatnashdi. Seminarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.T.Yusupov ma'ruza qildi.

Ma'ruzachi tomonidan ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish tartibi va talablari, so'nggi vaqtlarda ilmiy darajalar berish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar, sohada uchrayotgan muammolar va ularning hal etishiga oid masalalar bo'yicha batafsil ma'lumot berildi. Ilmiy seminar ishtirokchilari ilmiy tadqiqot jarayonlarining dolzarb muammolariga bag'ishlangan muhokamada faol qatnashdi.

Tadbirdan so'ng professor A.T.Yusupov Bosh prokuratura Akademiyasi faoliyati bilan tanishib chiqdi.