Oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash borasidagi navbatdagi sinov

Oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash borasidagi navbatdagi sinov

2019 yilning 30 sentyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida doktorant va mustaqil izlanuvchilar bilan “Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo'yicha hamda chet tilidan malakaviy imtihon o'tkazildi.

Imtihon mamlakatimizning ko'zga ko'ringan huquqshunos olimlari va boshqa mutaxassislaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan olib borildi.

Imtihonda doktorant va mustaqil izlanuvchilarga mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ixtisoslik bo'yicha mavjud ilmiy tadqiqotlar va ulardagi zamonaviy yo'nalishlar, ixtisoslik bo'yicha tadqiq etilayotgan mavzu doirasida mavjud ilmiy muammolar va ularning yechimi yuzasidan savollar berildi.

Malakaviy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan doktorant va mustaqil izlanuvchilarga guvohnomalar berildi.