2019 yil 3 oktyabr kunidan Bosh prokuratura Akademiyasida tuman (shahar) prokurorlari yordamchilari uchun “Qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati” mavzusida “2+2” shaklidagi (72 soat masofaviy o'qitish va Akademiyada 72 soat (2 hafta) auditoriya mashg'ulotlari) kompleks aralash o'quv kursi boshlandi.
Malaka oshirish kursi dasturida ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini amaliy tashkil etishning dolzarb masalalari bo'yicha mashg'ulotlar nazarda tutilgan.
O'quv kursi yakunida tinglovchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka kiritilgan yangiliklar, amaliyotda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklar, ularni hal etish yo'llari hamda boshqa dolzarb masalalar bo'yicha tahliliy materiallar tayyorlanadi.
O'quv tadbirlari boshlanishiga tayyorgarlik ko'rish doirasida tinglovchilar uchun mazkur kursning tashkiliy masalalariga, masofaviy kursni o'tash va amaliy topshiriqlarni bajarish tartibiga bag'ishlangan vebinar tashkil etildi.