G'arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo'yicha norasmiy tarmog'i (ARIN- WCA) Boshqaruv guruhining uchrashuvi bo'lib o'tdi

G'arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo'yicha norasmiy tarmog'i (ARIN- WCA) Boshqaruv guruhining uchrashuvi bo'lib o'tdi

2019 yilning 3-4 oktyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi bilan hamkorlikda G'arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo'yicha norasmiy tarmog'i (ARIN-WCA) Boshqaruv guruhining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda 2019-2020 yillar uchun mazkur norasmiy tarmoqning Boshqaruv guruhini tashkil qiluvchi davlatlar - Qozog'iston, Qirg'iziston, Pokiston, Turkmaniston va O'zbekiston vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv qatnashchilari va xorijiy ekspertlar tarmoq boshqaruvini nazorat qilishni amalga oshirish, strategik rivojlanish hamda unda ishtirok etishning mexanizmlarini takomillashtirish, ishtirokchilarning salohiyatini oshirish uchun o'quv kurslarini tashkil qilish, tarmoqning navbatdagi umumiy yillik yig'ilishini o'tkazish va shu kabi boshqa tashkiliy masalalarni muhokama qilishdi.

Bosh prokuratura Akademiyasi vakillari ARIN-WCA Kotibiyati sifatida tarmoqni boshqarish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi muhim rejalar to'g'risida Boshqaruv guruhini xabardor qilishdi.

Boshqaruv guruhining uchrashuvi ishchan, informativ va konstruktiv tarzda o'tkazilib, uning yakunlariga ko'ra ishtirokchilar faol hamkorlik qilishga hamda ARIN-WCA tarmog'ini kelgusida yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.