“Yuridik ingliz tilini o'rganishda kitobxonlikning ahamiyati” mavzusida seminar o'tkazildi

“Yuridik ingliz tilini o'rganishda kitobxonlikning ahamiyati” mavzusida seminar o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o'rtasida samarali hamkorlik o'rnatilgan bo'lib, shu jumladan Akademiya va TDYUUning til o'rgatish kafedralari o'rtasida ham hamkorlikdagi tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.

Mazkur tadbirlarning davomi sifatida Bosh prokuratura Akademiyasida Toshkent davlat yuridik universitetining til o'rgatish kafedrasining malakali o'qituvchisi U.P.Haydarova ishtirokida “Yuridik ingliz tilini o'rganishda kitobxonlikning ahamiyati” mavzusida seminar tashkil qilindi.

Seminarda Akademiyaning professor-o'qituvchilari ishtirok etib, mazkur yo'nalish bo'yicha tegishli bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar. Shu jumladan, yuridik ingliz tilini o'rganishda kitobxonlikning ahamiyati va yuridik terminlarni to'g'ri qo'llay olish ko'nikmalarini rivojlantirish interaktiv mashqlar yordamida ko'rsatib o'tildi.