Joriy yilning 16-17 yanvar` kunlari Bosh prokuratura Akademiyasida professor-o'qituvchi, doktorant va mustaqil-izlanuvchilar ishtirokida “Chet elning yetakchi jurnallarida ilmiy maqolalarni chop etish talablari” mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Ikki kunlik trening Akademiya xodimlarining «ELSEVIER» kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda tayyorlagan metodik videomateriallar foydalanuvida hamda «ELSEVIER» kompaniyasining O'zbekiston Respublikasidagi koordinatori Sanjar Atabaevning bevosita ishtirokida o'tkazildi.
Tadbirlar jarayonida Scopus, ScienceDirect va Mendeley elektron resurslarda ro'yhatdan o'tish va ulardan foydalanish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.
Bundan tashqari, S.Atabaev tomonidan chet elning yetakchi ilmiy nashriyotlarida ilmiy maqolalar nashr qilishning muhim jihatlari taqdimot qilindi, xalqaro standartlarga asosan maqolalar tayyorlash, tahrir qilish va chop etish masalalari ko'rib chiqilib, maqolalarni tayyorlash bo'yicha maslahat va tavsiyalar berildi.