Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha idoralararo komissiyalar mas'ul kotiblari uchun o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi

Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha idoralararo komissiyalar mas'ul kotiblari uchun o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi

Bosh prokuratura Akademiyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) idoralararo komissiyalarining mas'ul kotiblari uchun 2019 yil 2 – 8 oktyabr kunlari “Voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid dolzarb masalalar” mavzusidagi o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi.

O'quv mashg'ulotlari jarayonida sohaga oid normativ hujjatlarning mazmun va mohiyati, komissiya vakolatlaridan samarali foydalanish usullari, mavjud muammolar va ularni hal qilish vositalari atroflicha yoritildi.

Shuningdek, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi hamda Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazlarida sayyor darslar o'tkazilib, ularning imkoniyatlaridan komissiyalar faoliyatida unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi.

O'quv mashg'ulotlar yakuniga ko'ra, tinglovchilarga belgilangan tartibda sertifikatlar topshirildi.