Joriy yilning 10 oktyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Kadrlar tayyorlash bo'yicha stipendiyalar (JDS) loyihasi vakillari va Nagoya universitetining Toshkent shahridagi vakolatxonasi xodimlari bilan Akademiyaning professor-o'qituvchilari va magistratura tinglovchilari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga JDS loyihasi tomonidan Yaponiyada magistraturada o'qish uchun stipendiya ajratilishi yuzasidan e'lon qilingan tanlov, dastur bo'yicha ariza berish tartibi va o'qitish shartlari haqida ma'lumot berildi.
Uchrashuv yakunida JDS loyihasi vakillari tomonidan mazkur tanlovda faol ishtirok etish taklif qilinib, o'zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga tayyorgarligi bildirildi.