Joriy yilning 14 oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlik doirasida Pensilvaniya universitetining huquq maktabi (Penn State Law) professori Stefen Barns Bosh prokuratura Akademiyasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilib, unda ta'lim va ilmiy sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, professor Stefen Barns Akademiya magistraturasi tinglovchilari uchun “AQSH Konstitutsiyasiga muvofiq hokimiyatlar bo'linishi va o'zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati” mavzusida ma'ruza qildi.
Ma'ruza davomida AQShda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining faoliyat yuritishi masalalari, shuningdek ularning o'zaro hamkorlik shakllari batafsil yoritildi.