Akademiyaning 2019 yildagi faoliyati yakuni muhokamasi

Akademiyaning 2019 yildagi faoliyati yakuni muhokamasi

2020 yil 17 yanvar` kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisda Akademiyaning 2019 yildagi prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish, faoliyatni ilmiy-metodik va psixologik jihatdan ta'minlash hamda boshqa yo'nalishlardagi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

Kengash yig'ilishida Akademiya professor-o'qituvchilarining faoliyatini baholash natijalari muhim samaradorlik ko'rsatkichlariga (KPI) erishish tahlili asosida muhokama qilindi.

Shuningdek, 12.00.12 – Korruptsiya muammolari (yuridik fanlar bo'yicha) ixtisosligi bo'yicha malakaviy imtihon dasturi tasdiqlandi va Akademiya professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan o'quv-uslubiy qo'llanmalarni nashrga tavsiya etish  masalasi ko'rib chiqildi.