Italiya Adliya vazirligi vakillarining Bosh prokuratura Akademiyasiga tashrifi

Italiya Adliya vazirligi vakillarining Bosh prokuratura Akademiyasiga tashrifi

Joriy yilning 11 oktyabr kuni Italiya Adliya vazirligi vakillarining Bosh prokuratura Akademiyasiga tashrifi bo'lib o'tdi.

Tashrif davomida delegatsiya Bosh prokuratura Akademiyasining ta'lim va ilmiy sohadagi faoliyatining asosiy yo'nalishlari, uning moddiy-texnik bazasi, amalga oshirilayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi loyihalari bilan tanishdi.

Shuningdek, Akademiyaning professor-o'qituvchilari va magistratura tinglovchilari ishtirokida seminar bo'lib etib, unda ishtirokchilar Italiyaning huquqiy tizimi, jinoyat sud ishlarini yuritishda xalqaro hamkorlikni tashkil etishning amaliyoti va huquqiy asoslari, prokuratura va sud organlari xodimlarining malakasini oshirish tizimi bilan tanishdilar.

Tadbir samarali va amaliy ruhda o'tdi va ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.