“Davlat tili haqida”gi Qonunning 30 yilligiga bag'ishlangan tadbir

“Davlat tili haqida”gi Qonunning 30 yilligiga bag'ishlangan tadbir

Joriy yilning 21 oktyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir Akademiya til o'rgatish kafedrasi hamda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda Akademiya professor-o'qituvchilari hamda magistrantlari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalarining ijodiy chiqishlari, o'zbek tili va adabiyoti namunalari (O'zbekistonning buyuk yozuvchi hamda shoirlari ijodiga mansub asarlar namunalaridan ifodali o'qish, xalq topishmoqlariga bag'ishlangan tanlov, el sevgan qo'shiqlar mualliflari) hamda qatnashuvchilar o'rtasida intellektual bellashuv tashkil etildi.