2019 yil 21 oktyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasi binosida «Prokuratura organlarining ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari» mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas'ul xodimi, Harbiy prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti, Majburiy ijro byurosi, IIV va Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmatlari rahbarlari va xodimlari, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o'qituvchilari, Bosh prokuratura Akademiyasi tinglovchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur davra suhbatida prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni samarali yo'lga qo'yish, faoliyatda shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash, axborot olish erkinligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kamchiliklar, davlat idoralari xodimlari va jurnalistlarning kasb etikasiga rioya etishlaridagi mas'uliyatini oshirish, shuningdek, kelgusida ushbu sohani yanada takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilindi.