2019 yil 25 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatda tutgan o'rni hamda ishtiroki” mavzusida trening bo'lib o'tdi.
Mashg'ulotni O'zbekiston nogironlar Assotsiatsiyasi raisining o'rinbosari, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Abdulla Abduxalilov o'tkazdi.
Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari ishtirok etdi.
Treningda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun to'siqsiz muhit yaratish, ularning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash, nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratining ta'sirchan mexanizmlarini shakllantirish, shuningdek kelgusida mazkur yo'nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.