Yuridik psixologiya sohasida ilmiy-ta'lim muassasalari hamkorligi

Yuridik psixologiya sohasida ilmiy-ta'lim muassasalari hamkorligi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “Yuridik psixologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkent shahar filiali, O'zbekiston xalqaro Islom akademiyasining psixologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda Akademiyaning prokuratura faoliyatini psixologik ta'minlash bo'limi xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida xuquq sohasidagi islohotlarni ro'yobga chiqarishda psixologiya fanining o'rni, ushbu yo'nalishda psixologiya fanining zamonaviy uslub va texnologiyalari joriy etilayotgani ta'kidlab o'tildi.

Shuningdek, ishtirokchilar Akademiyada tashkil etilgan prokuratura organlari rahbar kadrlarini baholashning ilg'or texnologiyasi Assessment markazi faoliyati bilan tanishtirib o'tildi.

Davra suhbati ishtirokchilari ilmiy-ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha kelishib olishdi.