Yuridik shaxslar javobgarligi masalalari bo'yicha xalqaro davra suhbati

Yuridik shaxslar javobgarligi masalalari bo'yicha xalqaro davra suhbati

Bosh prokuratura Akademiyasida AQSH davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish masalalari byurosi ko'magida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korruptsiyaga qarshi kurashish tarmog'i loyihasi doirasida tashkil etilgan “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi: O'zbekiston modeli uchun muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha ishchi guruhlar vakillari, shuningdek Akademiya xodimlari va magistratura tinglovchilari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida mazkur institutni qo'llash bo'yicha xalqaro standartlar va ilg'or xalqaro amaliyotlar, yuridik shaxslarning javobgarlik modellari, javobgarlikni qo'llash sohasi, jazo tayinlashning turlari va prinsiplari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksi loyihalaridagi yuridik shaxslarning javobgarligi yuzasidan dastlabki qoidalar muhokama qilindi.

Ishtirokchilar tomonidan korruptsiyani aniqlash, tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortish, korruptsiya va xalqaro standartlarni amalga oshirish uchun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash sohasida huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari salohiyatini kuchaytirish uchun yuridik shaxslarning javobgarlik instituti muhimligi qayd etildi.