Bosh prokuratura Akademiyasi magistratura tinglovchilari turli tadbirlarda faol qatnashmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi magistratura tinglovchilari turli tadbirlarda faol qatnashmoqda

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari mamlakatning ijtimoiy hayoti, chet el va xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohida joriy yilning 4-6 oktyabr kunlari tashkil etilgan Xalqaro sport sammitida 120 nafar mamlakatimiz yoshlari, shuningdek, Afg'oniston, Tojikiston hamda Nigeriya davlatidan tashrif buyurgan xalqaro sportsevar delegatlar bilan bir qatorda Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi tinglovchisi Aybek Xalmuratov spiker sifatida ishtirok etdi.

Sammit ishida jismoniy tarbiya va sport, turizm, biznes rejalar hamda sport jurnalistikasini rivojlantirish, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni joriy etishga alohida e'tibor qaratildi.