Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo'jaligi va davlat xizmati akademiyasi filiali – Sibir boshqaruv instituti bilan hamkorlik doirasida 2019 yil 25 oktyabr kuni Institut dekani, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent D.V.Kunitsin Bosh prokuratura Akademiyasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida dotsent D.V.Kunitsin Akademiya magistraturasi tinglovchilari uchun davlat boshqaruvini raqamlashtirish va soliq sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini rivojlantirish (Rossiya FSX misolida) masalalari bo'yicha ma'ruza qildi.
Qizg'in bahs-munozara shaklida o'tkazilgan mazkur tadbir tomonlar o'rtasidagi hamkorlik bitimining samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi.