Akademiya magistraturasi tinglovchilari ishtirokida trening o'tkazildi

Akademiya magistraturasi tinglovchilari ishtirokida trening o'tkazildi

2019 yil 6 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “O'zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” mavzusida trening bo'lib o'tdi.

Mashg'ulotni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zosi, O'zbekistonning yosh va progressiv rahbarlarining Top-35 ro'yxatiga kirgan Gulnoza Ismailova o'tkazdi.

Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari ishtirok etdi.

Treningda respublikada kadrlar siyosatini takomillashtirish, davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil saralab olish asosida qabul qilishni joriy etish, uning nufuzini oshirish, professional tayyorlangan samarali kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda xodimlarni boshqarishda va inson resurslarini rivojlantirish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.