Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan tashkillashtirilgan Janubiy Koreyaning Seul shahrida joriy yilning 3 noyabridan 17 noyabriga qadar o'tkazilishi rejalashtirilgan “Raqamli kriminalistikada tizimli boshqaruv va tergov usullari bo'yicha qo'llanmalar” mavzusidagi xalqaro o'quv kurslarida ishtirok etishmoqda.
O'quv kurslari davomida Janubiy Koreya prokuraturasi tizimi va vazifalari, Janubiy Koreya Bosh prokuraturasining raqamli ekspertizalar Milliy markazi (NDFC) faoliyatining asosiy yo'nalishi va vazifalari, raqamli dalillarni qidirish, olish, saqlash, tahlil qilish tajribasini o'rganish nazarda tutilgan.