2019 yil 8 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston davlat universiteti hamkorlikda joriy yilning 22 dekabrida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo'lib o'tadigan saylovlarga bag'ishlangan “Fuqarolarning saylov huquqlarining kafolatlari” mavzusida konferentsiya o'tkazildi.
Konferentsiyada Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O'zbekiston Ekologik partiyasi a'zolari hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston davlat universitetining professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.
Konferensiya davomida joriy yilda vakillik organlariga bo'lib o'tadigan saylovlar yuzasidan qator mavzularda, jumladan, “Demokratik davlatda saylovlarning o'rni”, “Saylov qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari”, “Xalqaro saylov standartlari va ularning milliy qonunchilikdagi ijrosi” kabi mavzularda chiqishlar qilindi.
Konferentsiya ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.