2019 yilning 13 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Bosh harbiy prokurori V.G.Petrov boshchiligidagi delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar Akademiya faoliyatining asosiy yo'nalishlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofaviy ta'limni joriy etgan holda o'quv jarayonining tashkil etilishi, shuningdek imitatsiyaviy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun maxsus jihozlangan o'quv xonalari va poligonlar imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tomonlar harbiy yustitsiya sohasidagi kadrlarning malakasini oshirish imkoniyatlarini ko'chaytirishga yo'naltirilgan o'zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini o'rnatish va kengaytirish bo'yicha qator masalalar muhokama qilindi.
Xususan, harbiy prokuratura xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha Akademiya o'quv jarayoniga maxsus o'quv dasturlarini ishlab chiqish va tadbiq etish masalalari bo'yicha hamkorlik istiqbollari ko'rib chiqildi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o'tdi, tomonlar ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.