Jahon banki vakillari bilan oliy ta'limda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish muhokamasi bo'yicha uchrashuv

Jahon banki vakillari bilan oliy ta'limda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish muhokamasi bo'yicha uchrashuv

2019 yil 13 noyabr kuni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida Jahon banki vakillari bilan Oliy ta'lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishda texnik ko'mak ko'rsatish masalasi muhokamasi yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari, Jahon banki vakillari – ishchi guruh rahbari, ta'lim bo'yicha katta mutaxassis Diego Ambash (Vashington), ta'lim bo'yicha yetakchi mutaxassis Xaver Botero (Vashington), O'zbekistondagi Doimiy vakolatxonaning ta'lim bo'yicha mutaxassisi Nodira Meliboeva, Jahon banki ishtirokidagi “Oliy ta'lim muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasi monitoringi va baholash bo'yicha mutaxassisi Qahramon Solixov ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida oliy ta'limda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo'yicha konsul`tativ va texnik ko'mak ko'rsatish yuzasidan asosiy yo'nalishlar muhokama qilindi.

Jahon banki vakillari tomonidan loyihani bankning amaldagi “Oliy ta'lim muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirish bo'yicha qiziqish bildirishdi.