Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Qozog'iston Respublikasi Davlat boshqaruvi Akademiyasi o'rtasida anglashuv va hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi

Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Qozog'iston Respublikasi Davlat boshqaruvi Akademiyasi o'rtasida anglashuv va hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi

2019 yil 14 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Qozog'iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi vitse-rektori A.Kosherbaeva boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazildi.

Tashrif doirasida Qozog'iston Respublikasi DBA vakillari Akademiya faoliyati, shu jumladan loyiha ofisi, elektron ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo'limlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Tomonlar hamkorlikning asosiy yo'nalishlari, shu jumladan akademik tajriba almashish, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida qo'shma o'quv dasturlari ishlab chiqish, muassasalarning tarkibiy tuzilmalari o'rtasida o'zaro hamkorlik hamda loyiha boshqaruvini joriy etish masalalarini muhokama qildilar.

Tashrif davomida Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Qozog'iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi DBA o'rtasida anglashuv va hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi.

Shuningdek, Qozog'iston Respublikasi DBAning Loyiha boshqaruvi markazi boshlig'i A.Saginaev “Loyiha boshqaruvi: milliy tajriba va istiqbollar” mavzusida ma'ruza qildi.