Tayanch doktoranturaga talabgorlar uchun kirish imtihoni va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon o'tkazildi

Tayanch doktoranturaga talabgorlar uchun kirish imtihoni va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon o'tkazildi

2019 yil 16 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida tayanch doktoranturada o'qishga talabgorlarni tanlab olish bo'yicha chet tilidan kirish imtihoni va dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan mustaqil izlanuvchilar uchun chet tili bo'yicha malakaviy imtihon bo'lib o'tdi.

Imtihonlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi №304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim to'g'risidagi Nizom, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016 yil 28 yanvardagi 220/2-son qarori bilan tasdiqlangan Malakaviy imtihonlarni o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom talablariga to'liq amal qilingan holda o'tkazildi.

Kirish imtihoni va malakaviy imtihon O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori X.D.Paluanova raisligidagi O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Akademiya vakillaridan iborat komissiya tomonidan o'tkazildi.

Imtihonlar yakunida komissiya a'zolari xorijiy davlatlar qonunchilik tajribasini chuqur o'rganish, tahlil qilish hamda tadqiqot natijalarini milliy qonunchilikni takomillashtirish jarayonida qo'llash uchun til bilishning ahamiyati katta ekanligini ta'kidlab, izlanuvchi va nomzodlarni imtihondan muvaffaqiyatli o'tganliklari bilan tabrikladilar.