Qishloq xo'jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil etish bo'yicha malaka oshirish kursi yakunlandi

Qishloq xo'jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil etish bo'yicha malaka oshirish kursi yakunlandi

Bosh prokuratura Akademiyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va tuman (shahar) prokuraturalari xodimlari uchun “Qishloq xo'jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni samarali tashkil etish” mavzusida tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakunlandi.

Mazkur kurs ta'limning aralash shaklida tashkil etilgan bo'lib, tinglovchilar masofaviy ta'lim jarayonida olgan bilimlarini Akademiyadagi o'quv mashg'ulotlari davomida mustahkamlash imkoniga ega bo'ldilar.

O'quv kursi doirasida tinglovchilarning yer va suv qonunchiligi, shuningdek qishloq xo'jaligiga oid boshqa normativ hujjatlar ijrosi ustidan prokuror nazoratini samarali tashkil etish va mazkur sohadagi ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg'ulotlar o'tkazildi.

Bundan tashqari, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini yetishtirish hamda chorvachilik sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish borasida sayyor mashg'ulotlar o'tkazildi.

Mazkur kurs tinglovchilarning qishloq xo'jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni samarali tashkil etish bo'yicha bilim va tajribalarini, shuningdek sohada nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan ko'nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.