Bosh prokuratura Akademiyasida bayrog'imiz qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir o'tkazildi

Bosh prokuratura Akademiyasida bayrog'imiz qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir o'tkazildi

2019 yil 18 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida bayrog'imizning 28 yilligiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Tadbirda Bosh prokuratura xodimlari, Akademiya professor-o'qituvchilari va magistratura tinglovchilari ishtirok etdi.

Tadbirda tarix fanlari nomzodi, O'zbekiston Milliy universiteti kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi N.T.Polvonov tomonidan O'zbekiston Respublikasi bayrog'ini qabul qilish tarixi va uning ramziy timsollarining mazmun-mohiyati to'g'risida batafsil ma'lumot berilib, bu faqatgina davlatimiz ramzigina bo'lib qolmay, dunyodagi eng chiroyli bayroqlardan biri ekanligi alohida ta'kidlandi.

Shuningdek, tadbirda magistratura tinglovchilari tomonidan O'zbekiston bayrog'ini madh etadigan she'rlar aytilib, bayroqning kelib chiqish tarixi, dunyo bayroqlari, ularning o'ziga xos jihatlari va O'zbekiston bayrog'ining ramziy timsollari haqida atroflicha tushuntirish berdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan ushbu kun mamlakatimiz miqyosida nishonlanadigan eng yirik tadbirlardan biri ekanligi, bayrog'imiz biz uchun muqaddas va ardoqli hisoblanishi, u istiqlolimizning yorqin ifodasi ekanligi alohida ta'kidlandi.