2019 yil 18 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida Akademiya rahbariyatining Toshkentdagi Amiti universiteti axborot texnologiyalari va injiniring departamenti professori doktor Anchal Garg hamda marketing bo'limi menedjeri Sevara Xosiyatqulova bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Tomonlar o'quv yurtlari o'rtasida memorandum tuzish vositasida hamkorlik munosabatlarini kengaytirish, akademik harakatchanligini rivojlantirish, tinglovchilar stajirovkalarini tashkil qilish, Amiti universiteti mutaxassislarini Akademiyadagi o'quv mashg'ulotlariga jalb qilishga yo'naltirilgan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakuniga ko'ra tomonlar shuningdek Akademiya hamda prokuratura organlari faoliyatiga axborot texnologiyalarini keng joriy qilish borasida hamkorlikdagi kelgusi qadamlar bo'yicha kelishib oldilar.