Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi vakillari joriy yilning 14-15 noyabr kunlari Moskva shahrida bo'lib o'tgan «Global dunyoda noqonuniy daromadlarni legallashtirish va 
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimi: xalqaro iqtisodiyotning xavf va xatarlari» mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdilar.

Konferensiya Rossiya Federatsiyasi moliyaviy monitoring bo'yicha xizmati tomonidan G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti va Moliyaviy monitoring xalqaro o'quv-metodik markazi (MMXO'MM) bilan birgalikda tashkil etilgan.

Tadbirda yigirma davlatdan 500 nafardan ortiq ekspertlar, shuningdek Rossiya Federatsiyasi moliyaviy monitoring bo'yicha xizmati, Fan va oliy ta'lim vazirligi  rahbariyati ishtirok etdi.

Konferentsiya davomida xalqaro iqtisodiyotga nisbatan xavf-xatarlarning ijtimoiy-iqtisodiy tabiati, sun'iy idrok, noqonuniy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi ta'lim makonining raqamli transformatsiyasi, noqonuniy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida kadrlarni tayyorlash va 
boshqa masalalar ko'rib chiqildi.