2019 yilning 16 noyabr kuni Akademiya rahbariyatining BAA Hukumati Inson resurslari bo'yicha federal tashkiloti vakillari Amna Darvish al Raisi hamda Shaixa al Kaabi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida davlat xizmati tizimida raqamli transformatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida davlat xizmati uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalari hamda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning o'ziga xos jihatlari muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari Akademiyaning ilmiy va ta'lim sohasidagi faoliyati, shuningdek Akademiya elektron ta'lim bo'limining axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida uzluksiz ta'lim tizimini amalga oshirish faoliyati hamda xodimlar ishi samaradorligini baholash tizimini (KPI) joriy etish holati bilan tanishtirildi.
Tadbir yakunlari bo'yicha tomonlar o'zaro qiziqtirgan masalalar bo'yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha kelishib olishdi.