BMTning bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

BMTning bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2019 yil 20 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, YUNISEF va Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi hamkorligida BMTning bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiya mamlakatimizda bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiya doirasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar yuzasidan yetakchi mutaxassislar va yosh yuristlar o'rtasida fikr almashish uchun samarali maydon bo'lib xizmat qildi.

Konferentsiya ishida Bosh prokuratura, YUNISEF, Adliya vazirligi, Yoshlar ittifoqi, “Yuksalish” umummilliy harakati vakillari, shuningdek, Bosh prokuratura Akademiyasi, TDYU, JIDU va TXVU magistratura tinglovchilari ishtirok etdilar.

YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha mintaqaviy ofisining bolalarni himoya qilish bo'yicha mutaxassisi Fenni Kakama O'zbekistonning bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiya normalarini implementatsiya qilish sohasidagi faol ishtirokini ijobiy baholadi, shu bilan birga, ushbu sohada Akademiya bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadga muvofiqligini ta'kidlab o'tdi.

Konferensiya ishtirokchilari Konvensiya normalarini o'z organlari va tashkilotlarida implementatsiya qilish masalalari, ularni amalga oshirishning yangi yondashuvlari haqida so'zlab berdilar.

Tadbir doirasida yosh mualliflarning tasviriy san'at va badiiy asarlari ko'rgazmasi, shuningdek, nashriyot uylarining mahalliy va xorijiy adabiyotlaridan iborat kitob yarmarkasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.