2019 yil 19-20 noyabr kunlari O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o'qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi (RIAIM) bilan hamkorlikda markaz qoshida faoliyat olib borayotgan nofilologik oliy ta'lim muassasalari ingliz tili o'qituvchilarining o'zaro tajriba almashish guruhi (UzTESPING) ning navbatdagi seminar-treningi bo'lib o'tdi. Treningda respublikamizning bir qator nofilologik oliy ta'lim muassasalari ingliz tili o'qituvchilari ishtirok etdi.
Seminar-treningda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi Til o'rgatish kafedrasi boshlig'i S.Kurbanova o'zining “Ingliz tilini yuridik maqsadlarda o'qitishda “Flipped classroom” yondashuvini axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirish” mavzusida taqdimot qildi.
Seminar-trening davomida ingliz tilini o'qitishda eng zamonaviy metodikalarni axborot texnologiyalari yordamida qo'llashning ahamiyatli jihatlari, ayniqsa, yuridik ingliz tilini o'qitishda ulardan foydalanish borasidagi olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil ma'lumot berildi, shuningdek zamonaviy ingliz tili o'qituvchisida mavjud bo'lishi lozim bo'lgan kasbiy kompetensiyalar va ularni takomillashtirish to'g'risida qizg'in muhokamalar bo'ldi.