2019 yil 16 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston davlat universiteti hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag'ishlangan ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi.
Seminarda Bosh prokuratura Akademiyasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi xodimlari, Jinoyat ishlari bo'yicha Nukus shahri sudyalari hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston davlat universiteti professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.
Seminar davomida korruptsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri, korruptsiyaga qarshi kurashishning samarali usullari va uning oldini olish bo'yicha xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasi, shuningdek mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida korruptsiya omiliga barham berishning ahamiyati kabi masalalar har tomonlama muhokama qilindi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.