2019 yilning 22 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida mustaqil izlanuvchilar bilan “Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo'yicha malakaviy imtihon o'tkazildi.
Imtihon Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim to'g'risidagi Nizom va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining “Malakaviy imtihonlarni o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori talablariga to'liq amal qilingan holda o'tkazildi.
Imtihon mamlakatimizning ko'zga ko'ringan huquqshunos olimlari va boshqa mutaxassislaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan olib borildi.
Imtihonda mustaqil izlanuvchilarga mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ixtisoslik bo'yicha mavjud ilmiy tadqiqotlar va ulardagi zamonaviy yo'nalishlar, ixtisoslik bo'yicha tadqiq etilayotgan mavzu doirasida mavjud ilmiy muammolar va ularning yechimi yuzasidan savollar berildi.
Malakaviy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan mustaqil izlanuvchilarga guvohnoma berildi.