Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari halqaro tadbirlarda faol ishtirok etmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari halqaro tadbirlarda faol ishtirok etmoqda

2019 yil 18-22 noyabr kunlari Qirg'iziston Respublikasining Kosh-kol shahrida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning Loyiha ofisi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari yosh mutaxassislari uchun strategik rejalashtirishga oid intensiv kurs tashkil etildi.

Mazkur kursni Rossiya, Qirg'iziston va Polsha mamlakatlaridan xalqaro ekspertlar olib bordi.

Tadbirda O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari A.Xalmuratov va T.Mustafoev ishtirok etishdi.

O'quv kursi demokratik institutlarni mustahkamlashga va uning doirasida strategik rejalashtirish sohasida ishlayotgan yosh mutaxassislar kelgusida o'z mamlakatlarining rivojlanish istiqbollarini belgilashda o'z hissalarini qo'shishiga qaratilgan.

Ushbu tadbirda strategik rejalashtirish bo'yicha maslahatchilarning rolini shakllantirish, shuningdek davlat xizmatining strategik faoliyatini ishlab chiqish, shakllantirish va amalga oshirishda turgan vazifalarni yaxshiroq tushunishga doir masalalar muhokama qilindi.