G'arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo'yicha norasmiy tarmog'i (ARIN- WCA)ning yillik umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi

G'arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo'yicha norasmiy tarmog'i (ARIN- WCA)ning yillik umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 19-20 noyabr kunlari Qozog'iston Respublikasining Olmaota shahrida G'arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo'yicha tarmog'i (ARIN-WCA) a'zo davlatlarining yillik umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Tadbirda ARIN-WCAga a'zo davlatlar aloqa vakillari (prokuratura, huquqni muhofaza qilish va moliyaviy razvedka idoralari xodimlari), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi (UNODC), Yevropa Ittifoqi, Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi, CARIN (aktivlarni qaytarish bo'yicha idoralararo Kamden tarmog'i) va ARIN-AP (Osiyo va tinch okeani davlatlarining aktivlarni qaytarish bo'yicha tarmog'i) tarmoqlari, Ukraina Aktivlarni qaytarish milliy agentligining vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

Yig'ilishda ARIN-WCAga a'zo davlatlarning aktivlarni qaytarish bo'yicha ijobiy tajribasi va amaliyoti, tarmoq doirasida norasmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari, amaliyotda mavjud muammolar, shuningdek 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi yilda rejalashtirilayotgan vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, ARIN-WCA Kotibiyati – Bosh prokuratura Akademiyasi vakillari tomonidan tarmoq saytining (www.arin-wca.org) taqdimoti ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.

Umumiy yig'ilish ishchan va informativ tarzda o'tkazilib, ishtirokchilar faol hamkorlik qilishga hamda ARIN-WCA tarmog'ini kelgusida yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.