O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “Fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirokining samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida tashkillashtirilgan malaka oshirish o'quv kurslarining rejasi hamda Akademiya va Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi o'rtasida imzolangan ko'shma o'quv mashg'ulotlari dasturiga asosan 2019 yilning 25 noyabrida Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Sud`yalar oliy maktabi tinglovchilari ishtirokida qo'shma o'quv-seminar mashg'uloti tashkillashtirildi.
Qo'shma o'quv-seminar mashg'uloti doirasida ma'muriy sudlarda ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko'rilishida protsessual qonunchilik normalarini qo'llashning ayrim masalalari hamda fuqarolik va iqtisodiy sudlarda ishlarni ko'rilishida prokuror ishtirokining ayrim dolzarb masalalari tinglovchilarning faol ishtiroki ta'minlangan xolda sud amaliyoti misollari asosida muhokama etildi.
Jumladan, qo'shma o'quv-seminar mashg'uloti davomida ma'muriy sudlarda ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko'rishning o'ziga xos xususiyatlari, mazkur toifadagi ishlar bo'yicha da'vo muddatlariga oid qonun normalarining qo'llanilishi, ma'muriy sudlovga taalluqlilik, prokuror da'vo arizalariga asosan qo'zg'atilgan fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy ishlar bo'yicha sud amaliyoti, prokurorning suddagi ishtiroki, noqonuniy qurilmalarni buzish, mulkka egalik huquqini belgilash kabi ishlarda ahamiyat berilishi lozim bo'lgan masalalar atroflicha ko'rib chiqildi, ularga oid tushuntirish va yo'llanmalar berildi.
Tadbir ishtirokchilari qonunchilikni takomillashtirish borasida ham bir qator takliflarni ilgari surdilar.