2019 yilning 23 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida mustaqil izlanuvchilar bilan “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo'yicha malakaviy imtihon bo'lib o'tdi.
Imtihon O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o'tkazish tartibi to'g'risida”gi nizom talablariga to'liq amal qilingan holda Bosh prokuratura Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Harbiy-texnika instituti va Sud`yalar oliy maktabining professor-o'qituvchilari va mutaxassislaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan o'tkazildi.
Imtihonda mustaqil izlanuvchilarga mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ixtisoslik bo'yicha mavjud ilmiy tadqiqotlar va ulardagi zamonaviy yo'nalishlar, ixtisoslik bo'yicha tadqiq etilayotgan mavzu doirasida mavjud ilmiy muammolar va ularning yechimi yuzasidan savollar berildi.
Malakaviy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan mustaqil izlanuvchilarga guvohnoma berildi.