Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutiga kirish imtihoni va suhbat

Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutiga kirish imtihoni va suhbat

2019 yilning 23 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida tayanch doktoranturada o'qish uchun talabgorlar mutaxassislik bo'yicha kirish imtihonini topshirdilar, mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan esa suhbat o'tkazildi.

Kirish imtihoni va suhbat Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim to'g'risidagi nizom talablariga to'liq amal qilingan holda Bosh prokuratura Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Sud`yalar oliy maktabi, Yuristlar malakasini oshirish markazi vakillaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan olib borildi.

Mustaqil izlanuvchilar bilan esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar va ularning mazmun-mohiyati, talabgorlarning ilmiy ish bo'yicha ko'nikmalari, tadqiqotlarining qisqacha dolzarbligi va mohiyati haqida suhbat olib borildi.