O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoniga asosan, shuningdek belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasida o'quv jarayonlariga xorijiy mutaxassislar jalb qilib kelinmoqda.
Shu jumladan, ingliz tilida so'zlashish malakasini rivojlantirish va yuridik ingliz tilini o'rganishni chuqurlashtirish maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasida ingliz tili mashg'ulotlarini xorijiy – ingliz tili ona tili hisoblangan mutaxassislar ishtirokida olib borish muntazam ravishda yo'lga qo'yilgan.
Akademiya o'quv jarayonlariga navbatdagi xorijiy ekspert sifatida ingliz tilini talabalarga o'qitish bo'yicha tajribaga ega bo'lgan Vitgenberg universiteti bitiruvchisi Medison N. Krstich (AQSH) jalb qilingan.
Hozirgi kunda Akademiyada M.Krstich ishtirokida professor-o'qituvchilar, magistratura va malaka oshirish tinglovchilari uchun ingliz tilida so'zlashish malakasini yuksaltirishga yo'naltirilgan mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Darslarning amaliy ahamiyati shundaki, ular jamiyatdagi aktual savollar va muammolar muhokamasiga bag'ishlangan.
O'tkazilayotgan darslar o'qitishning zamonaviy usullari yordamida til malakasini takomillashtirishga xizmat qiladi.