Toshkent shahar Chilonzor tumanida amalga oshirilayotgan “Xavfsiz hudud” xalqaro hamkorlik loyihasini amalga oshirish bo'yicha ishlar

Toshkent shahar Chilonzor tumanida amalga oshirilayotgan “Xavfsiz hudud” xalqaro hamkorlik loyihasini amalga oshirish bo'yicha ishlar

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumanida “Xavfsiz hudud” loyihasini amalga oshirish ishlari davom etmoqda.

Mazkur faoliyat doirasida BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili A.Mittal, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Jinoiy adliya va jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha dasturning xalqaro koordinatori K.Markvering, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Venadagi shtab kvartirasi vakili N.Greyder, shuningdek, xalqaro va milliy ekspertlar ishtirokida videokonferentsaloqa vositasida navbatdagi ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbir samarador va konstruktiv tarzda o'tdi, milliy ekspertlar tomonidan loyiha boshidan hozirga qadar erishilgan natijalar to'g'risida taqdimot amalga oshirildi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan kelgusida tadqiqotni davom ettirish masalalari muhokama qilindi, ushbu yo'nalishda amaliy tavsiyalar berilib, aniq vazifalar belgilab olindi.