Poligon sharoitida amaliy va kasbiy mahoratni mustahkamlash

Poligon sharoitida amaliy va kasbiy mahoratni mustahkamlash

Bosh prokuratura Akademiyasining magistratura tinglovchilari uchun o'quv dasturi doirasida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi ko'magida poligon sharoitida o'quv va amaliy sayyor mashg'ulotlar tashkil etildi.

Tadbirlarning asosiy maqsadi dala sharoitida o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish, tinglovchilar tomonidan jangovar, saf va jismoniy tayyorgarlik asoslarini o'zlashtirish hisoblanadi.

Shuningdek, poligonda tegishli fanlar bo'yicha ta'lim olishni uzluksiz davom ettirish maqsadida barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari tomonidan har kuni sayyor o'quv mashg'ulotlari o'tkazilib, ularda tinglovchilar tajribali ustozlar rahbarligi ostida haqiqiy holatga yaqin bo'lgan vaziyatda turli xil tergov harakatlarini amalga oshirish va kriminalistika sohasidagi kasbiy ko'nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar.

Tinglovchilar o'qish jarayonidan bo'sh vaqtlarida o'zining bilim va salohiyatini yanada oshirish maqsadida IIV Akademiyasi poligonining elektron kutubxonasi va sport bilan shug'ullanish uchun tegishli majmuadan foydalanish imkoniyatiga ega.

Akademiya magistraturasining ilk bitiruvchilari tajribasi shundan dalolat beradiki, poligonda yaratilgan sharoitlar va kunning o'quv jarayoni bilan bog'liq tadbirlarga boy bo'lganligi tinglovchilar o'rtasida do'stona munosabatni shakllantirib, jamoaviy ruhni mustahkamlashga hamda ular o'rtasida samarali tajriba almashinuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.