Yaponiya Adliya vazirligi bilan jinoyatchilik ahvolini o'rganish bo'yicha hamkorlikdagi loyiha amalga oshirilishi davom etmoqda

Yaponiya Adliya vazirligi bilan jinoyatchilik ahvolini o'rganish bo'yicha hamkorlikdagi loyiha amalga oshirilishi davom etmoqda

Joriy yilning 28 oktyabr kuni jinoyatchilik holatini uzluksiz monitoring qilish salohiyatini mustahkamlash borasida Yaponiya Adliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi qo'shma ishchi guruhining navbatdagi onlayn uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Yaponiya tomoni statistik ma'lumotlarni qayta ishlash tartibi to'g'risida ma'lumot berdi. Jumladan, Yaponiyada jinoyatchilik holati to'g'risida ma'lumotlarni yillik hisobotda aks ettirish uslubiyoti muhokama qilindi.

Onlayn muloqot O'zbekiston Respublikasida jinoyatchilik holati to'g'risida ma'lumot to'plashning amaldagi tizimini baholash uchun ham foydali bo'ldi.

Ma'lumotlarni mintaqalar miqyosida, jinoyatchilik turlari hamda boshqa mezonlari asosida o'rganishning muhim parametrlariga ham to'xtalib o'tildi.

Qo'shma guruh a'zolari tomonidan Yaponiya Adliya vazirligida jinoyatchilik to'g'risidagi yillik hisobotlarni tayyorlashda foydalaniladigan korrelyatsiya usullarini qo'llagan holda mamlakatimizdagi jinoyatchilik holati tahlilining boshlang'ich ko'rinishini ishlab chiqishga kelishib oldilar.