Prokuratura organlarida kadrlarni tayyorlashning tarixiy jihatlariga bag'ishlangan ilmiy- amaliy konferensiya

Prokuratura organlarida kadrlarni tayyorlashning tarixiy jihatlariga bag'ishlangan ilmiy- amaliy konferensiya

2020 yil 28 oktyabrda Bosh prokuratura Akademiyasi «Prokurorlarni professional tayyorlash tizimining 100 yilligi: o'tmishga nazar» mavzusida konferensiya o'tkazdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi – Turkiston o'lkasida prokuratura organlarida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining shakllanishiga doir tarixiy bosqichlarini ko'rsatish edi. Tashkilotchilar tomonidan qo'yilgan asosiy vazifa o'tmish saboqlaridan kelajakdagi strategik rejalarni shakllantirish bo'lib hisoblanadi.

Tadbir jarayonida o'z ma'ruzalari bilan Qoraqalpoq Davlat Universiteti kafedra mudiri, yu.f.d. M.SH.Najimov, Yuristlar malakasini oshirish markazi birinchi prorektori, yu.f.d., prof. A.A.Otajonov, Mirzo Ulug'bek nomidagi Milliy Universitet o'qituvchisi M.R.Topildieva, Toshkent Davlat yuridik Universiteti professori, yu.f.d. G.To'laganova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti birinchi prorektori, yu.f.d. G.S.Ismailova, JIDU qoshidagi yuridik klinika rahbari, yu.f.n. Z.S.Ubaydullaev, shuningdek Bosh prokuratura Akademiyasi dotsenti, yu.f.d. G.R.Malikova ishtirok etdilar.

Konferensiya ishtirokchilariga prokuratura organlari xodimlarining professional tayyorgarligi tizimi shakllanishi va rivojlanishiga bag'ishlangan va kelib chiqish asoslari  bo'yicha jamoat ayblovchi va himoyachisi, sud`yalar, sud tergovchilari, sud inspektorlari uchun Turkiston o'lkasida 100 yil oldin 1920 yilda tashkil etilgan yuridik kurslarga doir videorolik taqdim etildi.

Konferentsiyada respublikada faoliyat ko'rsatayotgan yetakchi ta'lim muassasalari – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi Sud`yalar Oliy Kengashi huzuridagi Sud`yalar Oliy maktabi, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti, Ichki Ishlar vazirligi Akademiyasi vakillari bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida faoliyat yuritayotgan mas'ul xodimlar ham ishtirok etdi.

Konferensiya yakunlari bo'yicha munozaralar bo'lib o'tdi, shuningdek ishtirokchilar tomonidan ushbu sohani rivojlantirish borasida ilmiy tadqiqotlarni davom ettirishga doir takliflar ishlab chiqildi.